Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 248¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188² va 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshliqlari va katta ofitserlari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, surishtiruv boʻlimlari boshliqlari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi batalyonlari komandirlari va ularning oʻrinbosarlari. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 184², 184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194¹, 195¹-moddalarida, 196-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 210¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrib chiqish uchun yuboradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 248²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224¹-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tarzida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqli.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 249-modda
Davlat yongʻin nazorati organlari
Davlat yongʻin nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Davlat yongʻin nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga; tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga; tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 249¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 119, 132, 133¹ (kichik hajmli kemalarga nisbatan) va 204¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi. Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi. Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 25-modda
Jarima
Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak. Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Baʼzi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solinishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 250-modda
Temir yoʻl transporti va metropoliten organlari
Temir yoʻl transporti organlariga ushbu Kodeks 56¹-moddasining birinchi qismida (temir yoʻl transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 113, 114-moddalarida, shuningdek 53, 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (temir yoʻl transportida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Metropoliten organlariga ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar temir yoʻl transporti va metropoliten organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar: stansiya boshligʻi va uning oʻrinbosari, vokzal boshligʻi va uning oʻrinbosari, lokomotiv (vagon) deposining boshligʻi, yoʻlovchilar poyezdining boshligʻi (yoʻlovchilar poyezdining mexanik-brigadiri); yoʻlovchilar poyezdining nazoratchi-taftishchisi, yoʻlovchilar poyezdining taftishchi-yoʻriqchisi, daromadlarni nazorat qilish boʻyicha taftishchi, yoʻl ustasi, yoʻl distansiyasi boshligʻi, signalizatsiya va aloqa distansiyasi boshligʻi; harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari, yongʻinning oldini olish boʻyicha otryad (komanda, oʻt oʻchirish poyezdi) boshligʻi va uning oʻrinbosari, katta yoʻriqchi va yoʻriqchi, komandaning, oʻt oʻchirish poyezdi komandasining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash komandasining (qorovul) boshligʻi; bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshligʻining oʻrinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi. Yoʻlovchilar poyezdining boshligʻi (yoʻlovchilar poyezdining mexanik-brigadiri), yoʻl ustasi, boʻlinma (qorovul), komandaning, oʻt oʻchirish poyezdining, harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining (qorovul) boshligʻi, bosh sanitariya vrachi (tibbiy-sanitariya xizmati boshligʻining oʻrinbosari), Markaziy sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi, sanitariya-epidemiologiya stansiyasining bosh sanitariya vrachi soladigan jarimaning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdoridan oshmasligi kerak.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 251-modda
Havo transporti organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu Kodeksning 116, 116³, 117-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqli boʻlgan havo transporti organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori va uning oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari havo transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 252-modda
Suv transporti organlari
Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53-moddasida, 56¹-moddasining birinchi qismida (suv transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Port boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi maʼmurlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshligʻi, otryad boshligʻi, komandir, yongʻindan saqlash yoʻriqchisi) suv transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 254-modda
Shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari
Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56¹-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati boʻlgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 254¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 113¹-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 125², 125⁴-moddalarida, 144-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 146¹-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslikka oid qismida), 176³, 176⁴-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va inspektorlari. Ushbu Kodeksning 119, 132 va 133¹-moddalarida (kemalarga oid qismida), 198⁹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 255-modda
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari; mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 255¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligiga ushbu Kodeksning 50¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 256-modda
Mudofaa vazirligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar: ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat boʻlimlari boshliqlari; ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140 -moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori. Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 257-modda
Davlat sanitariya nazorati organlari
Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy taʼsir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari; tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 258-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari; Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshligʻi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boʻlimining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshligʻi), Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari); Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshligʻi; Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 259-modda
Davlat veterinariya xizmati
Davlat veterinariya xizmatiga ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar davlat veterinariya xizmati nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari, davlat chegarasidagi va transportdagi bosh davlat veterinariya inspektori va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda; Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining davlat veterinariya inspektorlari, tumanlar va shaharlarning bosh davlat veterinariya inspektorlari, chegara va transport veterinariya punktlarining (uchastkalarining) davlat veterinariya inspektorlari hamda veterinariya uchastkalarining va bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining davlat veterinariya inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 26-modda
Haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish
Maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir. Oʻqotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning oʻq-dorilarini haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin emas. Ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish chorasini qoʻllanish tartibi va tortib olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 260-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 97¹, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli: Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda; inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda; kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda; davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 260¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 70-moddasida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismi mustasno), 71-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish qoidalari mustasno), 72-moddasida (yer osti suvlariga doir qismida), 74-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosari — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda; mintaqaviy inspeksiyalar boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravarigacha miqdorda; inspektorlar — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 70²-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 260²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga ushbu Kodeksning 101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi hamda uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari boshliqlari. Ushbu Kodeksning 100, 101, 102, 103, 172, 173, 198⁶-moddalarida, 228-moddasida (yoqilgʻi-energetika sohasida qoʻyilgan muhrlarga (plombalarga) taalluqli hollarda) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hamda uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.