Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Milliy gvardiyasining sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi tibbiy xizmatlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar (shu jumladan, sanitariya-gigiyena qoidalarini va atmosfera havosini muhofaza qilish normalarini buzganlik) toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining bosh sanitariya vrachi — markaziy sanitariya-epidemiologiya laboratoriyasining boshligʻi va uning oʻrinbosari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boshqarmasining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati bosh markazining boshligʻi), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tibbiyot boʻlimining bosh sanitariya vrachi va uning oʻrinbosari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining boshligʻi), Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlarining bosh sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari (sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining boshliqlari);
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy-tibbiy xizmat sanitariya-epidemiologiya stansiyasi boshligʻi;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bosh sanitariya vrachi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish