Mudofaa vazirligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140-moddalarida (transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan) hamda 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar:
ushbu Kodeksning 235, 236-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari va tuman (shahar) muqobil xizmat boʻlimlari boshliqlari;
ushbu Kodeksning 125, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128¹, 128²-moddalarida, 128³-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128⁴-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁵-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128⁶-moddasida, 129-moddasining birinchi qismida, 130-moddasining birinchi qismida, 135, 135¹, 138, 139, 140 -moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — harbiy avtomobil inspeksiyasining boshligʻi, katta inspektori.
Transport vositalarining haydovchilari — harbiy xizmatchilar va yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar sodir etgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi bayonnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilab qoʻyadigan tartibda harbiy avtomobil inspeksiyasiga yuboriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish