Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 261-modda
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 70¹-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 77¹-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 79¹, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85¹, 86, 86¹, 86², 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 89¹-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 91³, 91⁴, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 159-moddasining toʻrtinchi qismida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir: Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat bosh ekologiya inspektori hamda uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat bosh ekologiya inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravarigacha miqdorda; Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat katta ekologiya inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravarigacha miqdorda; Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining, tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlarining davlat ekologiya inspektorlari, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, yuridik shaxs shaklidagi davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash xodimlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bogʻlarining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 262-modda
Bojxona organlari
Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227¹, 227², 227⁵, 227⁶, 227⁷, 227¹⁰, 227¹¹, 227¹²-moddalarida, 227¹³-moddasining uchinchi qismida, 227¹⁶-moddasining birinchi qismida, 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Bojxona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojxona organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 263-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻi, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boʻlinmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 264-modda
Davlat soliq organlari
Davlat soliq organlariga ushbu Kodeks 159¹, 168-moddalarida, 174-moddasining uchinchi qismida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 215³-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Davlat soliq organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari davlat soliq organlari nomidan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 264¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi
Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175² va 175⁸-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 264²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari
Ushbu Kodeksning 175⁶-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va hududiy moliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 264³-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari
Ushbu Kodeks 61, 61¹, 164, 165¹, 170, 171¹-moddalarida, 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 175², 176, 179³, 179⁵, 186¹, 193¹ va 193²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hamda uning hududiy boʻlinmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 265-modda
Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish organlari
Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ushbu Kodeksning 212, 213-moddalarida, 214-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qismi mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablariga, metrologiya va sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tarzidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravarigacha miqdorda; texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda jarima solishga.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 266¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga ushbu Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60¹-moddasida, 65-moddasida (yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga nomuvofiq foydalanishga oid qismida, bundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar mustasno), 68-moddasida (bundan tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 68¹-moddasida va 69-moddasida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori va uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining tumanlar (shaharlar) boʻlimlari boshliqlari.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 266⁴-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 72-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (ichimlik ehtiyojlari uchun suv quduqlarini qazishning belgilangan qoidalarini va texnologiyasini buzishga oid qismida), 74-moddasida (ichimlik suvi olishning belgilangan limitlarini buzishga doir qismida), 75-moddasida (ichimlik suvi inshootlari orqali chiqarilayotgan ichimlik suvi miqdorining dastlabki hisobini yuritish qoidalarini buzishga oid qismida), 76-moddasida (ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlaridan foydalanish qoidalarini buzishga doir qismida), 99-moddasida (bundan yoʻl qurilishi sohasidagi qonunchilikni buzish, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq binolarni, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlashga taqiqlar (cheklovlar) belgilangan zonalarda ushbu ishlarni bajarish yoki aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalarini, ularni rejalashtirish va qurish loyihalariga zid ravishda (bosh rejalarda nazarda tutilmagan) binolar va inshootlarni loyihalashtirish, rekonstruksiya qilish va qurish, shaharsozlik hujjatlariga ularda nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimi (qismi) mavjud boʻlmagan holda yoki shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlmagan ushbu alohida boʻlim (qism) boʻyicha ekspert tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa berish, shaharsozlik hujjatlarida nogironligi boʻlgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish boʻyicha loyihaning alohida boʻlimiga (qismiga) amal qilinmagan holda qurilishi tugallangan binolar va inshootlardan foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari tomonidan ruxsatnoma berish mustasno), 101-moddasida (koʻp kvartirali uylarning issiqlik taʼminotiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzishga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilma va konstruksiyalarni oʻrnatishga oid qismida), 163, 163¹ va 163²-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hududiy inspeksiyalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining va uning hududiy inspeksiyalarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 267-modda
Davlat statistika organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268-modda
Davlat probir nazorati organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi organlariga ushbu Kodeksning 219-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining boshligʻi asillik darajasining davlat nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215¹ va 215⁶-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268³-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Ushbu Kodeksning 64 va 198⁵-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268⁵-modda
Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi qismida hamda 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori hamda uning oʻrinbosarlari; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari; tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlarining boshliqlari. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining ikkinchi qismida hamda 108-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish vazifalari: har bir ishning holatini oʻz vaqtida, har tomonlama, toʻla va obyektiv ravishda aniqlab chiqishdan, bu ishni qonunchilikka muvofiq holda hal etishdan, chiqarilgan qarorning ijrosini taʼminlashdan, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga olib kelgan shart-sharoitlarni aniqlashdan, huquqbuzarliklarning oldini olishdan, fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashdan, qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269¹-modda
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli. Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalari boʻlishi mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269²-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli. Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin. Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269³-modda
Jabrlanuvchining arizasiga asosan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish yuritish
Ushbu Kodeksning 40, 41, 44, 45, 46, 46¹, 52-moddalarida, 61²-moddasida (bundan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar mustasno), 193³-moddasida hamda 202²-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar jabrlanuvchining huquqbuzarni javobgarlikka tortish haqidagi arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi. Jabrlanuvchi nochor ahvolda boʻlganligi, voyaga yetmaganligi, huquqbuzarga qaram boʻlganligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra oʻz huquqlarini va qonuniy manfaatlarini oʻzi himoya qila olmaydigan alohida hollarda vakolatli organning mansabdor shaxsi jabrlanuvchining arizasisiz ham maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishni boshlashi shart. Ushbu Kodeks 61-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan uning xodimi tomonidan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi. Ushbu Kodeksning 61²-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlmagan korxonaga, muassasaga, tashkilotga nisbatan sodir etilganda mazkur korxona, muassasa, tashkilot rahbarining, mulkdorining yoki vakolatli boshqaruv organining arizasiga koʻra javobgarlikka sabab boʻladi.