Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268⁵-modda

Oʻzbekiston Respublikasi oʻsimliklar karantini va himoyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga ushbu Kodeks 107-moddasining birinchi qismida hamda 108-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining bosh direktori hamda uning oʻrinbosarlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari;

tuman (shahar) oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimlarining boshliqlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda uning hududiy boʻlinmalari tomonidan ushbu Kodeks 107-moddasining ikkinchi qismida hamda 108-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.