Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269¹-modda

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, ishni koʻrib chiqish jarayonida organ (mansabdor shaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, shuningdek qogʻozda rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida shakllantiriladi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilishi mumkin.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar organga (mansabdor shaxsga) oʻzining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.

Ishlar elektron shaklda shakllantirilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan sudga taqdim etilgan yozma hujjatlar ishga elektron shaklda qoʻshib qoʻyiladi, shundan soʻng yozma hujjatlar ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar elektron shaklda shakllantirilgan taqdirda, organ (mansabdor shaxs) tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishincha organning majlisida raislik qiluvchining va kotibning yoki ishni koʻrib chiquvchi mansabdor shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda boshqa organga topshirish axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi elektron shaklda shakllantirilgan ishlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalari boʻlishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.