Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268²-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga ushbu Kodeks 99-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari va bosh reja amalga oshirilishining davlat arxitektura nazorati boʻlinmasi boshligʻi haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 178-moddasida (isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanganda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi va ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.