Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 267-modda

Davlat statistika organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar, shaharlar statistika boʻlimlarining boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.