Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 261-modda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 63-moddasida, 65-moddasining beshinchi qismida (bundan qishloq xoʻjaligi yerlarini va boshqa yerlarni yaroqsiz holga keltirganlik mustasno), 68-moddasida (tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga, suv fondi yerlariga oid qismida), 70-moddasining birinchi qismida (bundan yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi mustasno), 70¹-moddasining birinchi qismida, 71-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 74-moddasining birinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 75-moddasida (bundan irrigatsiya tarmoqlaridan olinadigan suvlarni hisobga olish mustasno, shuningdek davlat suv kadastrini yuritishning belgilangan tartibini buzganlik uchun), 77-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 77¹-moddasida, 78-moddasida, 79-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 79¹, 80, 81, 82, 83, 84-moddalarida, 85-moddasida (bundan sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish deb hisoblanuvchi, atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish, biologik organizmlarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash mustasno), 85¹, 86, 86¹, 86², 87, 88, 89-moddalarida (bundan atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatish mustasno), 89¹-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 91³, 91⁴, 92, 93, 95-moddalarida, 96-moddasida (davlat ekologik ekspertizasiga oid qismida), 148-moddasida (bundan ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar mustasno), 159-moddasining toʻrtinchi qismida (koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirishga oid qismida), 161-moddasida, 214-moddasida (tabiatni muhofaza qilishga oid qismida), 228-moddasida (tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganda muhrlar (plombalar) qoʻyilgan hollar) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir:

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Davlat bosh ekologiya inspektori hamda uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat bosh ekologiya inspektorlari hamda ularning oʻrinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch yuz baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining davlat katta ekologiya inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki yuz baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, viloyatlar hamda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalarining, tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlarining davlat ekologiya inspektorlari, davlat qoʻriqxonalarining, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, yuridik shaxs shaklidagi davlat buyurtma qoʻriqxonalari va davlat tabiiy pitomniklarining, davlat biosfera rezervatlarining qoʻriqlash xodimlari, davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon-ov xoʻjaliklarining, ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarining, davlat oʻrmon ishlab chiqarish korxonalarining davlat inspektorlari va milliy tabiat bogʻlarining xodimlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.