Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268¹-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlariga ushbu Kodeksning 215¹ va 215⁶-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori hamda uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmalari rahbarlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.