Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 268³-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari
Ushbu Kodeksning 64 va 198⁵-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining va uning hududiy boshqarmalarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish