Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 269²-modda
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning murojaatlari
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar yuzasidan murojaat qilishga haqli.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat shaklida yuborilishi mumkin.
Ish holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlganda, shuningdek boshqa zarur hollarda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish