Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 119, 132, 133¹ (kichik hajmli kemalarga nisbatan) va 204¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi.
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish