Suv transporti organlari
Suv transporti organlariga ushbu Kodeksning 53-moddasida, 56¹-moddasining birinchi qismida (suv transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 121, 124, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (suv transportidagi huquqbuzarlik uchun), 118, 120-moddalarida, 142-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Port boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, pristan va vokzallarning boshliqlari, port, pristan va vokzallarning navbatchi maʼmurlari, port hududlari boshliqlari va shlyuz boshliqlari, kemalarning kapitanlari, ularning yordamchilari va shturmanlari, kema qatnovi inspeksiyalarining katta inspektorlari va inspektorlari, kema taftishchilari, port, pristan joylashgan yerdagi idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash boʻlinmasining yuqori mansabdor shaxsi (birlashgan otryad boshligʻi, otryad boshligʻi, komandir, yongʻindan saqlash yoʻriqchisi) suv transporti organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish