Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 260-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining organlariga ushbu Kodeksning 55-moddasida, 70-moddasida (yer qaʼridan foydalanishda ishlarni olib borish xavfsizligi qismida), 97, 97¹, 98-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima solish tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Davlat qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravarigacha miqdorda;

inspeksiyalarning boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravarigacha miqdorda;

kon-texnik inspeksiyalarining va hududiy boshqarmalarning boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari — bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravarigacha miqdorda;

davlat inspektorlari — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha miqdorda.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.