Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 99-moddasida (yoʻl-qurilish sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 113¹-moddasida, 123-moddasida (suv transporti sohasidagi qonunchilikni buzishga oid qismida), 125-moddasining toʻrtinchi va sakkizinchi qismlarida, 125¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 125², 125⁴-moddalarida, 144-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 145-moddasining ikkinchi qismida, 146¹-moddasida, 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslikka oid qismida), 176³, 176⁴-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari va inspektorlari.
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 133¹-moddalarida (kemalarga oid qismida), 198⁹-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish