Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 241⁸-modda
Tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni qonunga xilof ravishda talab qilib olish
Qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish, — mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining qirq baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 241⁹-modda
Pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ularni oʻz vaqtida qaytarmaslik
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda oʻtkazish yoki olib qoʻyish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablagʻlarini oʻz vaqtida qaytarmaslik, oz miqdorda talon-toroj qilish alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 242-modda
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar)
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni: 1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa iqtisodiy sudlar va fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar; 3) bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari; 4) ichki ishlar organlari (mansabdor shaxslari), davlat inspeksiyasi organlari (mansabdor shaxslari) va ushbu Kodeks bilan vakolat berilgan boshqa organlar (mansabdor shaxslar) koʻrib chiqadilar.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 243-modda
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarning vakolatlari
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar oʻzlariga taalluqli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni komissiya tarkibi aʼzolarining kamida yarmi mavjud boʻlganda koʻrib chiqishga, ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazolarni oʻzlariga berilgan vakolatlar doirasida qoʻllashga hamda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qarorlar qabul qilishga haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 244-modda
Mansabdor shaxslarning vakolatlari
Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ushbu Kodeksning 242-moddasi 4-bandida koʻrsatilgan organlar nomidan koʻrib chiquvchi mansabdor shaxslarning roʻyxati qonunchilik bilan belgilab qoʻyiladi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan mansabdor shaxslar ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan maʼmuriy jazo choralarini oʻz vakolatlari doirasida va faqat xizmat burchini bajarib turgan chogʻdagina qoʻllanishlari mumkin.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245-modda
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 41¹, 42, 43 (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 44, 45, 46, 46¹, 46²-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — oltinchi qismlarida, 47¹, 47⁴, 47⁵, 47⁶, 47⁷, 47⁸, 49¹, 49⁴, 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 51¹⁰, 51¹¹, 52, 56, 56², 56³, 56⁴, 57, 58, 59, 59¹, 59², 59³, 59⁴, 59⁵-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida, 61, 61¹, 61², 62, 64, 64¹, 66, 67, 68²-moddalarida, 70¹-moddasining ikkinchi qismida, 70²-moddasida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi obyektlarini shikastlantirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq qismida), 77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 92¹, 94, 100-moddalarida, 101 (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno), 102, 103, 104, 105, 106-moddalarida, 107-moddasining ikkinchi qismida, 108-moddasining ikkinchi qismida, 110-moddasining birinchi (mansabdor shaxslarga nisbatan) va ikkinchi qismlarida, 111-moddasining ikkinchi qismida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 116¹, 116²-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119, 125³-moddalarida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128¹⁰, 131, 132, 133, 133¹, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 140-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 149, 150, 151-moddalarida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155¹, 155², 155³, 155⁴, 155⁵, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining birinchi qismida (bundan koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish hollari mustasno), 160, 160¹, 161 -moddalarida, 164, 165, 165¹, 166, 167, 169, 170, 171, 171¹, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 174¹-moddasida, 175-moddasining beshinchi qismida, 175¹, 175², 175³, 175⁴, 175⁵, 175⁶, 175⁷, 175⁸, 175⁹, 176, 176², 177, 177¹, 177², 178, 178¹, 179, 179¹, 179², 179³, 179⁴, 179⁵, 180, 181, 182, 183, 184¹, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³, 185⁴, 185⁵, 186, 186¹-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 187¹, 188, 188¹, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 189², 190, 191, 192¹, 193, 193¹, 193², 193³, 193⁴, 194, 194¹, 195, 195¹, 195², 196, 196¹, 196², 197, 197¹, 197², 197³, 197⁴, 197⁵, 197⁶, 197⁷, 197⁸, 198-moddalarida, 198²-moddasining beshinchi qismida, 198³, 198⁴, 198⁵, 198⁶, 198⁷, 198⁹, 199, 200, 200¹, 200² (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 201, 201¹, 202, 202¹, 202², 203, 203¹, 204, 204¹, 205, 206, 206¹, 207, 208, 209, 209¹, 210, 210¹, 215², 215⁴, 215⁷, 215⁸, 216, 217, 218, 219¹, 220, 220¹-moddalarida, 224¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 225¹, 226, 227⁴, 227⁸, 227⁹-moddalarida, 227¹³-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 227¹⁴, 227¹⁵-moddalarida, 227¹⁶-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida, 227¹⁷, 227¹⁸, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida, 227²²-moddasining birinchi qismida, 227²³, 227²⁴, 227²⁵, 227²⁶, 227²⁷-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239¹, 239², 240, 241, 241⁵ (bundan litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismi mustasno), 241⁷ va 241⁹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi. Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun oʻzlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadi. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 50¹, 51¹-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60¹, 65, 68, 68¹, 85¹-moddalarida, 99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn ikkinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 163, 163¹-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 211 va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹-modda
Iqtisodiy sudlar
Iqtisodiy sudlar iqtisodiy nizolarni hal etish chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeks 175-moddasining toʻrtinchi qismida, 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹⁰-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Ushbu Kodeksning 193⁴ va 215⁷-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sunʼiy suv obyektlaridan va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiyaning boʻlim boshliqlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning boʻlim boshliqlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 47², 48, 51¹-moddalarida, 99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida, 198⁸, 215⁹-moddalarida, 241⁵-moddasida (litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Ijtimoiy inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹³-modda
Maʼmuriy sudlar
Maʼmuriy sudlar maʼmuriy ishlarning muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245²-modda
Adliya organlari
Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari; Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari. Ushbu Kodeksning 175⁹, 197⁸, 198³, 198⁴, 239, 239¹-moddalarida, 239²-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245³-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga ushbu Kodeksning 198¹-moddasida va 198²-moddasining birinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245⁴-modda
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar fuqarolik ishlarining muhokamasi chogʻida maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245⁶-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi
Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175², 175⁷, 175⁸ va 215²-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245⁷-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 89¹-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi), 104¹, 104², 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140-moddalarida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 227¹⁴-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245⁸-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda uning devoni xodimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushbu Kodeksning 43 (tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari qismida), 200² (tadbirkorlik subyektlarining huquqlari buzilishi qismida), 241¹ — 241⁴, 241⁶, 241⁸, 241¹⁰-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tarzidagi maʼmuriy jazolarni qoʻllashga uning oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni bosh inspektorlari haqlidir.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245⁹-modda
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organlar, shuningdek ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlari va oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 247-modda
Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar
Bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari voyaga yetmagan shaxslar sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹, va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan ishlar mustasno. Ushbu Kodeksning 61, 116¹, 116², 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 137, 138, 183, 185, 185¹, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar faqat oʻziga mazkur huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish kelib tushgan organ (mansabdor shaxs) uni bolalar masalalari boʻyicha komissiyalarga koʻrib chiqish uchun topshirgan hollardagina ushbu komissiyalar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar voyaga yetmaganlarning ota-onalariga yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslarga taalluqli boʻlgan, ushbu Kodeks 47-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 248-modda
Ichki ishlar organlari
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 47³, 54, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 155³, 155⁴, 155⁵, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli: 1) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 183, 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari; 2) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 113-moddasi birinchi qismida, 114-moddasi birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 123, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish boʻyicha ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki boshligʻi oʻrinbosarlari; 2¹) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188², 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari (boʻlinmalari) boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari; 3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (boʻlimlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaxassislari; 4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 47³, 54, 56¹-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 128⁶-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarida sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari; 5) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (boshqarmasining) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul xizmatini hamda maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha bosh inspektor, inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasining (boʻlimining) boshligʻi, maʼmuriy huquqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining (boʻlinmasining) boshligʻi, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yoʻl harakati xavfsizligi guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari; 6) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari; 7) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasida, 128²-moddasining birinchi qismida, 128³, 128⁴, 128⁷, 128⁸, 128⁹-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar. 8) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmatini tashkil etish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (boʻlim, boʻlinma) boshliqlari, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmati saf boʻlinmalari (brigada, batalyon, otryad) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari. Ushbu modda ikkinchi qismining 2 — 8-bandlarida koʻrsatilgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazoni faqat karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qoʻllashga haqlidir. Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan tashqari quyidagilar haqli: ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 187¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaxslari; ushbu Kodeksning 185² va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining katta inspektorlari va inspektorlari; ushbu Kodeksning 47-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 47⁶, 56², 56³, 56⁴, 59³, 59⁴-moddasida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 63, 66-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 90¹-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹, 91²-moddalarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno) va 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 188-moddasida, 239²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari; ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 184²,184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194, 195, 210¹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlarining (boʻlinmalarining) mansabdor shaxslari; ushbu Kodeksning 206¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va inspektorlari. Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan bayonnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.