Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245-modda

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ushbu Kodeksning 40, 41, 41¹, 42, 43 (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 44, 45, 46, 46¹, 46²-moddalarida, 47-moddasining ikkinchi — oltinchi qismlarida, 47¹, 47⁴, 47⁵, 47⁶, 47⁷, 47⁸, 49¹, 49⁴, 51², 51³, 51⁴, 51⁵, 51⁶, 51⁷, 51⁸, 51⁹, 51¹⁰, 51¹¹, 52, 56, 56², 56³, 56⁴, 57, 58, 59, 59¹, 59², 59³, 59⁴, 59⁵-moddalarida, 60-moddasining birinchi qismida, 61, 61¹, 61², 62, 64, 64¹, 66, 67, 68²-moddalarida, 70¹-moddasining ikkinchi qismida, 70²-moddasida, 76-moddasida (suv xoʻjaligi obyektlarini shikastlantirish va gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq qismida), 77-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 92¹, 94, 100-moddalarida, 101 (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno), 102, 103, 104, 105, 106-moddalarida, 107-moddasining ikkinchi qismida, 108-moddasining ikkinchi qismida, 110-moddasining birinchi (mansabdor shaxslarga nisbatan) va ikkinchi qismlarida, 111-moddasining ikkinchi qismida, 112-moddasida (transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga oid qismida), 116¹, 116²-moddalarida, 117-moddasining ikkinchi qismida, 119, 125³-moddalarida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 128¹⁰, 131, 132, 133, 133¹, 134-moddalarida, 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 140-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 142-moddasining ikkinchi qismida, 146-moddasining uchinchi qismida, 149, 150, 151-moddalarida, 152-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 155, 155¹, 155², 155³, 155⁴, 155⁵, 157, 158-moddalarida, 159-moddasining birinchi qismida (bundan koʻp kvartirali uylardagi turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, koʻp kvartirali uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish hollari mustasno), 160, 160¹, 161 -moddalarida, 164, 165, 165¹, 166, 167, 169, 170, 171, 171¹, 172, 173-moddalarida, 174-moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida, 174¹-moddasida, 175-moddasining beshinchi qismida, 175¹, 175², 175³, 175⁴, 175⁵, 175⁶, 175⁷, 175⁸, 175⁹, 176, 176², 177, 177¹, 177², 178, 178¹, 179, 179¹, 179², 179³, 179⁴, 179⁵, 180, 181, 182, 183, 184¹, 184², 184³, 184⁴, 185, 185¹, 185², 185³, 185⁴, 185⁵, 186, 186¹-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 187¹, 188, 188¹, 188³, 188⁴, 189, 189¹, 189², 190, 191, 192¹, 193, 193¹, 193², 193³, 193⁴, 194, 194¹, 195, 195¹, 195², 196, 196¹, 196², 197, 197¹, 197², 197³, 197⁴, 197⁵, 197⁶, 197⁷, 197⁸, 198-moddalarida, 198²-moddasining beshinchi qismida, 198³, 198⁴, 198⁵, 198⁶, 198⁷, 198⁹, 199, 200, 200¹, 200² (bundan tadbirkorlik subyektlari huquqlarining buzilishi hollari mustasno), 201, 201¹, 202, 202¹, 202², 203, 203¹, 204, 204¹, 205, 206, 206¹, 207, 208, 209, 209¹, 210, 210¹, 215², 215⁴, 215⁷, 215⁸, 216, 217, 218, 219¹, 220, 220¹-moddalarida, 224¹-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 224²-moddasida, 225-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida, 225¹, 226, 227⁴, 227⁸, 227⁹-moddalarida, 227¹³-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 227¹⁴, 227¹⁵-moddalarida, 227¹⁶-moddasining ikkinchi — beshinchi qismlarida, 227¹⁷, 227¹⁸, 227¹⁹, 227²⁰, 227²¹-moddalarida, 227²²-moddasining birinchi qismida, 227²³, 227²⁴, 227²⁵, 227²⁶, 227²⁷-moddalarida, 228-moddasida (muhrlar (plombalar) tabiatni muhofaza etish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi uchun qoʻyilgan hollar bundan mustasno), 230, 231, 232, 233, 234, 237, 238, 239, 239¹, 239², 240, 241, 241⁵ (bundan litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismi mustasno), 241⁷ va 241⁹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Agar huquqbuzar huquqbuzarlik faktini inkor etsa, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi boshqa ishlarni ham, xuddi shuningdek sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli huquqbuzarni maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi yoki yengilroq maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun oʻzlariga topshirilgan ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadi.

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) ularning xodimlari, yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslari va (yoki) boshqa xodimlari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni ham koʻrib chiqadi, bundan ushbu Kodeks 50¹, 51¹-moddalarida, 60-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 60¹, 65, 68, 68¹, 85¹-moddalarida, 99-moddasining birinchi — yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), 99-moddasining sakkizinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga oid qismida), 99-moddasining oʻn ikkinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiyasiga oid qismida), 159-moddasining birinchi qismida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga oid qismida), ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 163, 163¹-moddalarida, 175-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 211 va 283-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno

Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.