Ichki ishlar organlari
Ichki ishlar organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 47³, 54, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 115-moddalarida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 147-moddasida, 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 155³, 155⁴, 155⁵, 161, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224 -moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:
1) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91²-moddasida, 114-moddasida, 116-moddasining birinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 121, 123-moddalarida, 142-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 183, 192, 204, 205, 221, 223, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — tumanlar, shaharlar, shaharlardagi tumanlar ichki ishlar boʻlimlarining (boshqarmalarining) boshliqlari yoki boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari;
2) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 113-moddasi birinchi qismida, 114-moddasi birinchi qismida, 115-moddasida, 121-moddasining ikkinchi qismida, 123, 183-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — metropolitenni muhofaza qilish boʻyicha ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki boshligʻi oʻrinbosarlari;
2¹) ushbu Kodeksning 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarda suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188, 188², 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamentining Davlat organlari obyektlarini qoʻriqlash boʻyicha boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) huzuridagi qoʻriqlash xizmatlari (boʻlinmalari) boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
3) ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³, 224-moddalarida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — temir yoʻl vokzallari va aeroportlardagi boʻlinmalarning, ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarining (boʻlimlarining, boshqarmalarining) boshliqlari hamda boshliq oʻrinbosarlari, shuningdek ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhlarining katta mutaxassislari;
4) ushbu Kodeksning 47-moddasi birinchi qismida, 47³, 54, 56¹-moddalarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining birinchi, ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida, 114, 123-moddalarida, 127-moddasida (tovush signalini sababsiz berishga doir qismida), 128⁶-moddasida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 147-moddasining birinchi qismida (avtomobil yoʻllarida sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratganlik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun), 148-moddasida (ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqqanlik, taxta toʻshamali koʻpriklarda chekkanlik uchun), 161-moddasida (fuqarolarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 188², 192, 221-moddalarida, 223-moddasining birinchi — sakkizinchi qismlarida, 223¹, 223³-moddalarida, 224-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
5) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130, 135, 135¹-moddalarida, 136-moddasining uchinchi qismida, 138, 139-moddalarida, 140-moddasining birinchi qismida, 147-moddasida (avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzishga taalluqli qoidabuzarliklardan tashqari) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (boshqarmasining) boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, yoʻl-patrul xizmatini hamda maʼmuriy amaliyotni tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha bosh inspektor, inspektor (maʼmuriy amaliyot boʻyicha), maʼmuriy amaliyot boʻlinmasining (boʻlimining) boshligʻi, maʼmuriy huquqbuzarliklar materiallarini koʻrib chiqish boʻyicha bosh inspektor, katta inspektor (inspektor), yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimining (boʻlinmasining) boshligʻi, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining katta inspektori va yoʻl harakati xavfsizligi guruhining maʼmuriy amaliyot boʻyicha inspektori, ular yoʻqligida esa ichki ishlar boʻlimining boshligʻi yoki uning oʻrinbosari;
6) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 125¹, 126-moddalarida, 127-moddasining birinchi qismida, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁸, 128⁹, 129, 130-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmati brigadasi (batalyoni, divizioni, otryadi, safarbar guruhi) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari;
7) ushbu Kodeksning 54, 123-moddalarida, 125-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 126-moddasining birinchi qismida, 127-moddasining birinchi qismida, 128-moddasida, 128²-moddasining birinchi qismida, 128³, 128⁴, 128⁷, 128⁸, 128⁹-moddalarida, 135-moddasining birinchi qismida, 135¹-moddasida, 138-moddasining birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — yoʻl-patrul xizmatining katta inspektori (inspektori) va yoʻl harakati qoidalariga hamda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga oid boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa xodimlar.
8) ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun — jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmatini tashkil etish boʻlimining boshligʻi, muhim topshiriqlar boʻyicha inspektori, katta inspektori, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi (boʻlim, boʻlinma) boshliqlari, uning oʻrinbosarlari, patrul-post xizmati saf boʻlinmalari (brigada, batalyon, otryad) komandiri yoki komandirining oʻrinbosari.
Ushbu modda ikkinchi qismining 2 — 8-bandlarida koʻrsatilgan ichki ishlar organlari xodimlari ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda maʼmuriy jazoni faqat karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi munosabati bilan tegishli hududlarda yoki obyektlarda cheklovchi tadbirlar (karantin) joriy etilgan taqdirda, qoʻllashga haqlidir.
Ichki ishlar organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani tuzishga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan mansabdor shaxslardan tashqari quyidagilar haqli:
ushbu Kodeksning 54, 56¹-moddalarida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 110-moddasining birinchi qismida (fuqarolarga nisbatan), 111-moddasining birinchi qismida, 113-moddasining toʻrtinchi qismida, 114, 115, 128⁶-moddalarida, 138-moddasida (piyodalarga nisbatan), 187-moddasining birinchi qismida, 187¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf boʻlinmalarining mansabdor shaxslari;
ushbu Kodeksning 185² va 187-moddalarida (probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari probatsiya xizmatining katta inspektorlari va inspektorlari;
ushbu Kodeksning 47-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 47⁶, 56², 56³, 56⁴, 59³, 59⁴-moddasida, 60-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 60¹, 63, 66-moddalarida, 72-moddasida (bundan yer osti suvlariga doir qismi mustasno), 79-moddasida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90, 90¹-moddalarida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹, 91²-moddalarida, 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 101-moddasida (bundan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga taalluqli ishlar mustasno) va 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 188-moddasida, 239²-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, mahalla huquq-tartibot maskanining profilaktika bosh inspektorlari, katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari, shuningdek ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika katta inspektorlari, inspektorlari va kichik inspektorlari;
ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 184²,184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194, 195, 210¹-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huzuridagi qoʻriqlash xizmatlarining (boʻlinmalarining) mansabdor shaxslari;
ushbu Kodeksning 206¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari va inspektorlari.
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha tuzilgan bayonnoma maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish