Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 89¹-moddalarida (qishloq va suv xoʻjaligiga oid qismi), 104¹, 104², 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140-moddalarida (qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilishi texnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 227¹⁴-moddalarida (qishloq xoʻjaligiga oid qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazolarni qoʻllashga Inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari haqlidir.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish