Adliya organlari
Adliya organlariga ushbu Kodeksning 215⁵-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir. Adliya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri va uning oʻrinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning oʻrinbosarlari.
Ushbu Kodeksning 175⁹, 197⁸, 198³, 198⁴, 239, 239¹-moddalarida, 239²-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, adliya organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish