Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 245¹²-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlariga ushbu Kodeksning 47², 48, 51¹-moddalarida, 99-moddasining oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlarida, 198⁸, 215⁹-moddalarida, 241⁵-moddasida (litsenziya berishda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga Ijtimoiy inspeksiya boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, Ijtimoiy inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari haqlidir.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.