Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 255-modda

Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari

Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 49, 49², 49³, 50, 51 va 229-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.

Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqlidir:

mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikni va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat huquqiy inspektorlari;

mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun — mehnat boʻyicha davlat inspektorlari, mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.