Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 248¹-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga ushbu Kodeksning 47-moddasining birinchi qismida, 56¹, 63-moddalarida, 72-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida (suvlarni ifloslantirish yoki bulgʻatish, suvtoʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqova suvlarni oqizishga yoʻl qoʻyish shartlari toʻgʻrisidagi talablarni buzishga oid qismida, bundan yer osti suvlariga doir huquqbuzarliklar mustasno), 79-moddasining birinchi va toʻrtinchi qismlarida, 88-moddasida (bundan bitum eritish chogʻida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaslik mustasno), 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida (sanoat chiqindilarini, maishiy chiqindilarni va boshqa chiqindilarni toʻplash, tashish chogʻida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzishga oid qismida), 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 91², 161-moddalarida, 187-moddasining birinchi qismida, 188² va 192-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga quyidagilar haqli:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Jamoat tartibini saqlashni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi, uning oʻrinbosari va boʻlim boshliqlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Surishtiruvni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Bolalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi, boʻlim boshliqlari va katta ofitserlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari boshliqlari, ularning oʻrinbosarlari, surishtiruv boʻlimlari boshliqlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Muhim davlat obyektlarini qoʻriqlash boshqarmasi batalyonlari komandirlari va ularning oʻrinbosarlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ushbu Kodeksning 61-moddasida, 79-moddasining uchinchi qismida, 90-moddasining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 90¹-moddasida, 91¹-moddasining toʻrtinchi qismida, 183, 184², 184³, 185-moddalarida, 185¹-moddasida (bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar mustasno), 185², 185³, 186-moddalarida, 187-moddasining ikkinchi qismida, 188¹, 188³, 189, 189¹, 191, 194¹, 195¹-moddalarida, 196-moddasida (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga taalluqli qismida) va 210¹-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda uni maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan organga (mansabdor shaxsga) koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.