Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 254-modda

Shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56¹-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati boʻlgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.