Davlat sanitariya nazorati organlari
Davlat sanitariya nazorati organlariga ushbu Kodeksning 53, 54, 55-moddalarida, 85-moddasida (atmosfera havosiga yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosfera havosiga zararli fizikaviy taʼsir koʻrsatganlik va atmosfera havosiga biologik organizmlar chiqarib tashlaganlik uchun, agar bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 86, 88, 89, 95-moddalarida (agar atmosfera havosiga fizikaviy taʼsir koʻrsatilgan boʻlsa va bu huquqbuzarliklar sanitariya-gigiyena qoidalarini buzish boʻlsa), 87-moddasida (avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar hamda qurilmalarni ishlatish paytida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortib ketganligi uchun), 96-moddasida (sanitariya-ekologik ekspertizasi qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat sanitariya nazorati organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va jarima solish tariqasida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga quyidagilar haqlidirlar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning oʻrinbosarlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlari hamda ularning oʻrinbosarlari;
tumanlar (shaharlar) bosh davlat sanitariya vrachlari.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish