Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 248²-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga ushbu Kodeksning 224-moddasida va 224¹-moddasining birinchi qismida, 225-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari boʻlinmalarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tarzida maʼmuriy jazo chorasi qoʻllashga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.