Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- FuqarolikCIVIL · 675-modda
Qurilish pudrati shartnomasidagi buyurtmachining qoʻshimcha majburiyatlari
Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr taʼminoti tarmoqlari, suv va bugʻ quvurlari oʻtkazilishini taʼminlashi va boshqa xizmatlar koʻrsatishi shart.
- FuqarolikCIVIL · 676-modda
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi
Buyurtmachi, pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi toʻgʻri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli. Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin boʻlgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu toʻgʻrida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yoʻqotadi. Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan koʻrsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid boʻlmasa va pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashishdan iborat boʻlmasa, pudratchi bunday koʻrsatmalarni bajarishi shart. Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.
- FuqarolikCIVIL · 677-modda
Qurilish pudrati shartnomasidagi taraflarning hamkorlik qilishi
Agar qurilishni va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda qurilish pudrati shartnomasini tegishli darajada bajarishga toʻsiqlar borligi maʼlum boʻlsa, taraflarning har biri bunday toʻsiqlarni bartaraf etish uchun oʻziga bogʻliq boʻlgan hamma choralarni koʻrishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taraf tegishli toʻsiqlar bartaraf etilmaganligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqidan mahrum boʻladi. Qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda bir taraf ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarni bajarish uchun qilgan xarajatlarni boshqa taraf toʻlashi lozim.
- FuqarolikCIVIL · 678-modda
Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari
Pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻladi. Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning koʻrsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish toʻgʻrisidagi taraflar uchun majburiy boʻlgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, koʻrsatmalarni bajarishga haqli emas.
- FuqarolikCIVIL · 679-modda
Qurilish konservatsiya qilinganda buyurtmachining majburiyatlari
Agar taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlar toʻxtatilgan boʻlsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan boʻlsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan ishlar haqining hammasini toʻlashi, shuningdek ishlarni toʻxtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni toʻlashi shart.
- FuqarolikCIVIL · 68-modda
Qaram xoʻjalik jamiyati
Xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xoʻjalik jamiyatiga qarashli ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan koʻprogʻiga ega boʻlsa, bunday xoʻjalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi. Qaram xoʻjalik jamiyati yuridik shaxs hisoblanadi. Qaram xoʻjalik jamiyati oʻz mulkida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga ega boʻlishga haqli emas. Ushbu qismda belgilangan taqiq kuchga kirguniga qadar ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarni olgan qaram xoʻjalik jamiyati ishtirok etuvchi boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlari umumiy yigʻilishida ovoz berishga haqli emas. Xoʻjalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat ustav fondining tegishli qismini qoʻlga kiritib olganligi haqidagi maʼlumotlarni qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol eʼlon qilishi shart. Xoʻjalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida oʻzaro qatnashishining chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida foydalanishi mumkin boʻlgan ovozlar soni qonunda belgilab qoʻyiladi.
- FuqarolikCIVIL · 680-modda
Ishlarni topshirish va qabul qilib olish
Pudratchidan qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha bajarilgan ishlar natijasi yoki, agar shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, ishlarning bajarilgan bosqichi topshirishga tayyor ekanligi toʻgʻrisida xabar olgan buyurtmachi darhol uni qabul qilib olishga kirishishi shart. Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishni oʻz hisobidan tashkil etadi va amalga oshiradi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ishlarni qabul qilib olishda davlat organlarining va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakillari ishtirok etishi lozim. Ishlarning alohida bosqichlarini oldindan qabul qilib olgan buyurtmachi ularning pudratchi aybdor boʻlmagan holda nobud boʻlish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, oʻz zimmasiga oladi. Ishlar natijasining pudratchi tomonidan topshirilishi va buyurtmachi tomonidan qabul qilib olinishi ikkala taraf imzolagan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Taraflardan biri dalolatnomani imzolashdan bosh tortsa, bu toʻgʻrida ushbu dalolatnomaga yozib qoʻyiladi va dalolatnomani ikkinchi taraf imzolaydi. Sud dalolatnomani imzolashdan bosh tortish sabablarini asosli deb topsagina, ishlar natijasini topshirish yoki qabul qilishning bir taraflama dalolatnomasini haqiqiy emas deb topishi mumkin. Qonunda yoki qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan yoki shartnoma yuzasidan bajariladigan ishning xususiyatidan kelib chiqqan hollarda ish natijasini qabul qilib olishdan oldin dastlabki sinov oʻtkazilishi kerak. Bunday hollarda ishlar faqat dastlabki sinov ijobiy natija bergandagina qabul qilib olinishi mumkin. Bajarilgan ishda undan qurilish pudrati shartnomasida koʻrsatilgan maqsadda foydalanish imkoniyatini bermaydigan kamchiliklar borligi aniqlangan va ularni pudratchi, buyurtmachi yoki uchinchi shaxs bartaraf etishi mumkin boʻlmagan taqdirda, buyurtmachi ishlar natijasini qabul qilib olishdan bosh tortishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 681-modda
Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi
Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy boʻlgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar boʻladi. Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yoʻqolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi. Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga taʼsir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yoʻl qoʻyganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar boʻlmaydi.
- FuqarolikCIVIL · 682-modda
Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari
Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab oʻn yilni tashkil etadi. Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning notoʻgʻri ishlatilishi yoxud buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qoʻllanmaning notoʻgʻriligi, obyektni buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada taʼmirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar boʻladi. Kafolat muddati pudratchi javobgar boʻlgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin boʻlmagan butun vaqtga toʻxtatib turiladi. Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.
- FuqarolikCIVIL · 683-modda
Kamchiliklarni buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar boʻlmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi boʻyicha va buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mumkin. Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita bogʻliq boʻlmagan yoki bu ishni pudratchi oʻziga aloqasi yoʻq sabablarga koʻra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 684-modda
Yer uchastkasining ipotekasi
Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan har qanday majburiyatlarni bajarishi, shu jumladan bajarilgan ishlar haqini toʻlashi, shartnomada nazarda tutilgan hollarda pudrat narsasini ushlab qolish bilan bir qatorda qurilish yoki unga bogʻliq ishlar olib borilayotgan yer uchastkasining ipotekasi bilan ham taʼminlanishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 685-modda
Qurilish pudratini huquqiy jihatdan tartibga solish
Qurilish pudrati shartnomasi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Kodeks bilan bir qatorda qurilish pudrati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 686-modda
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi (loyihalovchi, qidiruvchi) buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha belgilangan muddatda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va (yoki) qidiruv ishlarini bajarish majburiyatini, buyurtmachi esa uni qabul qilib olish va haq toʻlash majburiyatini oladi. Agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, loyiha va qidiruv ishlari shartnomasini tasodifan bajarish mumkin boʻlmasligi xavfi buyurtmachining zimmasiga tushadi.
- FuqarolikCIVIL · 687-modda
Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa boshlangʻich maʼlumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi. Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlangʻich maʼlumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.
- FuqarolikCIVIL · 688-modda
Buyurtmachining majburiyatlari
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha quyidagilarni bajarishi: barcha ishlar bajarib boʻlinganidan keyin belgilangan narxning hammasini pudratchiga toʻlashi yoki ishlarning ayrim bosqichlari tugallanganidan keyin narxning tegishli qismini toʻlashi; pudratchidan olingan loyiha-smeta hujjatlaridan faqat shartnomada nazarda tutilgan maqsadlarda foydalanishi, loyiha-smeta hujjatlarini pudratchining roziligisiz uchinchi shaxslarga bermasligi va undagi maʼlumotlarni oshkor qilmasligi; loyiha va qidiruv ishlarini bajarishda shartnomada nazarda tutilgan hajmda va shartlarda pudratchiga xizmat koʻrsatishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishda pudratchi bilan birga qatnashishi; pudratchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun boshlangʻich maʼlumotlar oʻzgarishi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlarni pudratchiga toʻlashi; tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarining yoki bajarilgan qidiruv ishlarining kamchiliklari borligi munosabati bilan uchinchi shaxs tomonidan buyurtmachiga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo yuzasidan ishda qatnashishga pudratchini jalb qilishi shart.
- FuqarolikCIVIL · 689-modda
Pudratchining majburiyatlari
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi: ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlangʻich maʼlumotlarga muvofiq bajarishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishi; tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi; buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
- FuqarolikCIVIL · 69-modda
Ishlab chiqarish kooperativlari
Fuqarolarning shaxsiy ishtirok etish hamda aʼzolarning (ishtirokchilarning) mulk bilan qoʻshiladigan pay badallarini birlashtirish asosida birgalikda ishlab chiqarish yoki boshqa xoʻjalik faoliyatini olib borish uchun aʼzolik negizidagi ixtiyoriy birlashmasi ishlab chiqarish kooperativi hisoblanadi. Qonunda va ishlab chiqarish kooperativining taʼsis hujjatlarida uning faoliyatida aʼzolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativining aʼzolari kooperativning majburiyatlari boʻyicha qonunda va kooperativ ustavida nazarda tutilgan miqdorlarda va tartibda subsidiar javobgar boʻladilar. Kooperativning firma nomi kooperativning nomini, shuningdek “ishlab chiqarish kooperativi” degan soʻzlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Ishlab chiqarish kooperativlarining huquqiy mavqeyi va ular aʼzolarining huquq hamda burchlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan va ishlab chiqarish kooperativining shakli boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativi qoʻshma qishloq xoʻjaligi kooperativi shaklida ham tashkil etilishi mumkin.
- FuqarolikCIVIL · 690-modda
Pudratchining kafolatlari
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi uchinchi shaxslarda pudratchi tomonidan tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida ishlarni bajarishga qarshilik qilish yoki bajarishni cheklash huquqi yoʻqligini kafolatlaydi.
- FuqarolikCIVIL · 691-modda
Pudratchining hujjatlar va ishlardagi kamchiliklar uchun javobgarligi
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi loyiha-smeta hujjatlari va qidiruv ishlaridagi kamchiliklar uchun, shu jumladan keyinchalik qurilish jarayonida, shuningdek tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari va bajarilgan qidiruv ishlari maʼlumotlari asosida barpo etilgan obyektni ishlatish jarayonida aniqlangan kamchiliklar uchun javobgar boʻladi. Loyiha-smeta hujjatlarida yoki qidiruv ishlarida kamchiliklar aniqlangan taqdirda pudratchi buyurtmachining talabi bilan loyiha-smeta hujjatlarini bepul qayta ishlab chiqishi va shunga muvofiq zarur qoʻshimcha qidiruv ishlarini bajarishi, shuningdek, agar qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, keltirilgan zararni buyurtmachiga toʻlashi shart.
- FuqarolikCIVIL · 692-modda
Loyiha va qidiruv ishlari pudratini huquqiy jihatdan tartibga solish
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi asosidagi munosabatlar ushbu Kodeks bilan, shuningdek loyiha va qidiruv ishlari pudrati toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan ham tartibga solinadi.