FuqarolikCIVIL · 689-modda
Pudratchining majburiyatlari
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi:
ishlarni loyihalash haqidagi topshiriq va boshqa boshlangʻich maʼlumotlarga muvofiq bajarishi;
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini buyurtmachi bilan kelishib olishi, shuningdek, buyurtmachi bilan birga tegishli davlat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishib olishi;
tayyor boʻlgan loyiha-smeta hujjatlarini va qidiruv ishlari natijalarini shartnomada belgilangan muddatlarda buyurtmachiga topshirishi;
buyurtmachining roziligisiz loyiha-smeta hujjatlarini uchinchi shaxslarga bermasligi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish