Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 682-modda

Qurilish pudrati shartnomasida sifat kafolatlari

Agar qurilish pudrati shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, pudratchi qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlarga erishishini va obyektni kafolat muddati davomida shartnomaga muvofiq holda ishlatish mumkinligini kafolatlaydi. Agar qonunda yoki shartnomada boshqacha kafolat muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kafolat muddati obyekt buyurtmachi tomondan qabul qilingan kundan boshlab oʻn yilni tashkil etadi.

Agar pudratchi kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklar (nuqsonlar) obyektning yoki uning qismlarining normal eskirishi, uning notoʻgʻri ishlatilishi yoxud buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar ishlab chiqqan qoʻllanmaning notoʻgʻriligi, obyektni buyurtmachining oʻzi yoki u jalb qilgan uchinchi shaxslar tegishli darajada taʼmirlamaganligi oqibatida vujudga kelganligini isbotlay olmasa, bu kamchiliklar uchun javobgar boʻladi.

Kafolat muddati pudratchi javobgar boʻlgan kamchiliklar natijasida obyektdan foydalanish mumkin boʻlmagan butun vaqtga toʻxtatib turiladi.

Kafolat muddati davomida ushbu Kodeks 681-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan kamchiliklar aniqlangan taqdirda, buyurtmachi kamchiliklar aniqlangandan keyingi oqilona muddat davomida ular haqida pudratchini xabardor qilishi kerak.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.