Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 676-modda

Buyurtmachining qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlarning bajarilishini tekshirishi va nazorat qilishi

Buyurtmachi, pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi toʻgʻri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli.

Buyurtmachi ishlarning bajarilishi ustidan tekshiruv va nazoratni amalga oshirayotganda qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan ishlar sifatini yomonlashtirishi mumkin boʻlgan darajada chekinishni yoki boshqa kamchiliklarni aniqlasa, bu toʻgʻrida darhol pudratchiga xabar berishi shart. Buni xabar qilmagan buyurtmachi aniqlangan kamchiliklarni keyinchalik vaj qilib keltirish huquqini yoʻqotadi.

Agar pudratchi buyurtmachidan qurilish jarayonida olgan koʻrsatmalar qurilish pudrati shartnomasi shartlariga zid boʻlmasa va pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashishdan iborat boʻlmasa, pudratchi bunday koʻrsatmalarni bajarishi shart.

Ishni tegishli darajada bajarmagan pudratchi buyurtmachining bu ishlarni tekshirmagani va nazorat qilmaganini vaj qilib keltirishga haqli emas, qonunchilikda bunday tekshirish va nazoratni amalga oshirish buyurtmachining zimmasiga yuklangan hollar bundan mustasno.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.