Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 681-modda

Ishning sifati uchun pudratchining javobgarligi

Pudratchi qurilish pudrati shartnomasida, texnikaviy loyihada va taraflar uchun majburiy boʻlgan qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan talablardan chekinishga yoʻl qoʻyilganligi, shuningdek qurilish obyektining loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan koʻrsatkichlariga, jumladan korxonaning ishlab chiqarish quvvatiga erishilmaganligi uchun buyurtmachi oldida javobgar boʻladi.

Bino yoki inshoot rekonstruksiya qilinganida (yangilangan, qayta qurilgan, restavratsiya qilinganida va hokazo) binoning, inshootning yoki uning bir qismining mustahkamligi, barqarorligi, ishonchliligi pasaygani yoki yoʻqolgani uchun javobgarlik pudratchi zimmasiga yuklanadi.

Pudratchi buyurtmachining roziligisiz loyiha hujjatlaridan buyurtmachining jiddiy manfaatlariga taʼsir qilmaydigan tarzda ozgina chetga chiqish hollariga yoʻl qoʻyganligi uchun, basharti bu hol qurilishning sifatiga taʼsir etmaganligini isbotlab bera olsa, javobgar boʻlmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.