Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 678-modda

Pudratchining atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish majburiyatlari

Pudratchi qurilish va u bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirayotgan vaqtda atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borishga doir qonunchilikning talablariga rioya etishi shart va bunday talablar buzilganligi uchun uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻladi.

Agar buyurtmachi bergan materiallar (detallar, konstruksiyalar)dan va uskunalardan ishni bajarish jarayonida foydalanish yoki uning koʻrsatmalarini bajarish atrof muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib borish toʻgʻrisidagi taraflar uchun majburiy boʻlgan talablarning buzilishiga olib kelsa, pudratchi bu materiallar va uskunalardan foydalanishga, koʻrsatmalarni bajarishga haqli emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.