FuqarolikCIVIL · 687-modda
Loyiha va qidiruv ishlari uchun boshlangʻich maʼlumotlar
Loyiha va qidiruv ishlari pudrat shartnomasi boʻyicha buyurtmachi pudratchiga loyihalash haqida topshiriq, shuningdek loyiha-smeta hujjatlarini tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa boshlangʻich maʼlumotlarni berishi shart. Loyihalash haqidagi vazifani buyurtmachining topshirigʻi boʻyicha pudratchi tayyorlashi mumkin. Bu holda vazifa buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab taraflar uchun majburiy boʻlib qoladi.
Pudratchi loyiha va qidiruv ishlarini bajarish uchun topshiriqdagi va boshqa boshlangʻich maʼlumotlardagi talablarga rioya qilishi shart va buyurtmachining roziligi bilangina ulardan chetga chiqishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish