FuqarolikCIVIL · 683-modda
Kamchiliklarni buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish
Qurilish pudrati shartnomasida pudratchining u javobgar boʻlmagan kamchiliklarni buyurtmachining talabi boʻyicha va buyurtmachi hisobidan bartaraf qilish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Kamchiliklarni bartaraf qilish ishi qurilish pudrati shartnomasining narsasiga bevosita bogʻliq boʻlmagan yoki bu ishni pudratchi oʻziga aloqasi yoʻq sabablarga koʻra bajara olmaydigan hollarda pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatni bajarishdan bosh tortishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish