Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 164-modda
Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish
Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — sakson baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yonilgʻi-moylash materiallari bilan, qoʻlda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qoʻlda savdo qilish — sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yonilgʻi-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Energetik ichimliklarni oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ancha miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 165-modda
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Faoliyatni (harakatlarni) xabardor qilish tartibida amalga oshirayotgan shaxs tomonidan vakolatli organga qonunchilikda mazkur faoliyat uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot taqdim etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xabardor qilish tartibida amalga oshirilishi lozim boʻlgan faoliyat (harakatlar) bilan xabarnoma yubormasdan shugʻullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz shugʻullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 165¹-modda
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlmagan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalarini retsept boʻyicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari bilan bogʻliq harakatlarni amalga oshirishda qoʻllanilmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 166-modda
Tovarlarni (mahsulotlarni) ularning sifatini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotish yoki majburiy ravishda raqamli markirovkalash qoidalarini buzish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini va sanoat tovarlarini (mahsulotlarini) ularning sifatini va ishlab chiqarish markasini tasdiqlaydigan hujjatlarsiz sotishi, xuddi shuningdek sotish maqsadida olish — tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — tovarlarni (mahsulotlarni) musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tovar belgisida ishlab chiqaruvchining nomi va joylashgan yeri toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmagan tovarlarni realizatsiya qilish, xuddi shuningdek realizatsiya qilish maqsadida olish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 167-modda
Videoyozuvli kassetalarni sotish va video muassasalarning ishlash qoidalarini buzish
Ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalarni sotish — video kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tegishli ruxsat olmay turib video muassasalarni (videoyozuvli kassetalarni ijaraga berish punktlari, videozallar, kabel televideniyesi studiyalarini) ochish yoki bunday muassasalarni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin ham ularning faoliyatni davom ettirishi — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Video muassasalarda ekspert komissiyasi baholamagan videoyozuvli kassetalardan foydalanish — videoyozuvli kassetalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — videoyozuvli kassetalarni va video apparaturani musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 168-modda
Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish
Bozorlarda savdo qilish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 169-modda
Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldigʻi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish
Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli boʻlgan pestitsidlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yoʻl qoʻyilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi oʻsimliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urugʻlarini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish — mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17-modda
Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Immunitetga ega boʻlgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning Oʻzbekiston Respublikasi qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 170-modda
Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish
Valyuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish, — valyuta qimmatliklari, qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar musodara qilinib, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 171-modda
Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini koʻzlamay turib vaqtida yoxud toʻliq oʻtkazilmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17¹-modda
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128¹, 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 128⁷, 128⁹, 128¹⁰, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Yuridik shaxsga qonunchilikka muvofiq tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yoʻl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi, ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno. Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalanilgan holda sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda ular kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning maʼmuriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatida sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Bunda tez tibbiy yordam va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining transport vositalari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi talab qilinmaydi. Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli boʻlgan shaxsga yoʻl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan paytdan eʼtiboran qirq sakkiz soat ichida yuborilmagan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi. Tezkor va maxsus xizmatlarning koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning toʻsiqsiz oʻtib ketishi uchun yoʻl bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning maʼmuriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va maʼmuriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 171¹-modda
Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitim tuzish
Naf keltirmasligi ayon boʻlgan bitimni tuzish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga ilgari foydalanilgan, jisman ishlatib boʻlingan, maʼnaviy eskirgan yoki zamon talablariga javob bermaydigan asbob-uskunani yoxud texnologiyalarni olib kirishga, shuningdek ularni oʻrnatish va joriy etishga olib kelgan bitimni tuzish, respublika manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan boʻlsa, xuddi shuningdek bunday bitim tuzilishiga sabab boʻlgan ekspert xulosasini yoki boshqa hujjatni vakolatli davlat organining yoki boshqa tashkilotning mansabdor shaxsi tomonidan berish — bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 172-modda
Yonilgʻi-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish
Yonilgʻi-moylash materiallarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash, berish, olish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 227¹⁰-moddasining ikkinchi qismida va 227¹³-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Ushbu Kodeks 227¹⁶-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Ushbu Kodeks 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri axborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi eʼtiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 173-modda
Texnik reglamentlarga javob bermaydigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish
Texnik reglamentlarga javob bermaydigan va koʻplab zaharli moddalar chiqishiga olib keladigan yonilgʻi-moylash materiallarini realizatsiya qilish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17³-modda
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 174-modda
Soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash
Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish, kamaytirib koʻrsatish, shuningdek soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan qasddan boʻyin tovlash, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ancha miqdorda sodir etilgan boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Daromadlar toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etishdan boʻyin tovlash, deklaratsiyani oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoki unda atayin notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliqlarni yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning ancha miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan olti yuz baravarigacha boʻlgan miqdor hisoblanadi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17⁴-modda
Maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Ushbu Kodeks 70-moddasining birinchi qismida, 70¹, 72, 77-moddalarida, 79-moddasining birinchi va uchinchi qismlarida, 81, 82, 83-moddalarida, 84-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 88-moddasida, 90-moddasining birinchi qismida, 91-moddasida, 91¹-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 92-moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yoki transport vositasining mulkdori yoxud mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsga tegishli boʻlgan transport vositasidan foydalanib sodir etilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, maʼmuriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxsi yoki mazkur transport vositasidan fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida belgilangan tartibda foydalangan shaxs tortiladi. Agar maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi. Tadbirkorlik subyektlari va aholi tomonidan yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar holatlari aks ettirilgan fotosuratlar va videoyozuvlarga tenglashtiriladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 174¹-modda
Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Emitentlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborotni, hisobotlarni eʼlon qilmaslik yoki oʻz vaqtida eʼlon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki oʻz vaqtida topshirmaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qimmatli qogʻozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibini qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Investorlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Tegishli daromadlarni investorlarga toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalgʻitish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 175-modda
Soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek toʻlov intizomini buzish
Foyda (daromad) yoki boshqa soliq solish obyektlarining hisobini olib bormaslik yoxud bunday hisobni belgilangan tartibni buzgan holda yuritish, agar bu harakatlar toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarning yoki yigʻimlarning summasini kamaytirishga olib kelsa, shuningdek soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan tafovutlarning asoslarini yoxud aniqlashtirilgan soliq hisobotini belgilangan muddatda taqdim etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik (bundan mikrofirma va kichik korxonalar mustasno), — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Kassa operatsiyalarini yuritish tartibini va toʻlov intizomini buzish, shu jumladan qarzdor korxonalardan toʻlovlarni undirish yuzasidan soliq organlarining inkasso topshiriqlarini bajarmaslik, shuningdek pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish navbatini buzish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Soliq organlarida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasiz korxonalar va tashkilotlarga hisob-kitob hisobvaraqlarini yoki boshqa hisobvaraqlarni ochish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatayotgan bankka soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki oʻz vaqtida taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash va soliq organlariga tegishli axborot berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan huquqbuzarliklar bir kalendar oyda bir nechta soliq turlari boʻyicha sodir etilgan taqdirda, oʻz vaqtida taqdim etilmagan barcha soliq hisobotlari boʻyicha faqat bitta jarima qoʻllaniladi.