Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 164-modda

Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish

Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini ancha miqdordagi qiymatda buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — qirq baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini koʻp miqdordagi qiymatda buzish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari, mansabdor shaxslarga esa — sakson baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Yonilgʻi-moylash materiallari bilan, qoʻlda savdo qilish yoxud shaharlarda belgilanmagan joylarda qoʻlda savdo qilish —

sotilayotgan ashyolarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yonilgʻi-moylash materiallari sotish qoidalarini buzish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Energetik ichimliklarni oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilish, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Tovarlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun naqd pul mablagʻlari bilan yoki plastik kartochkalar boʻyicha hisob-kitoblar shakliga qarab, ularning narxlarini sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Ancha miqdor deganda bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi, koʻp miqdor deganda esa, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan besh yuz baravarigacha boʻlgan doiradagi miqdor tushuniladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.