Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 17²-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi

Ushbu Kodeks 227¹⁰-moddasining ikkinchi qismida va 227¹³-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227¹⁶-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, bojxona organi oldidagi majburiyatni oʻz zimmasiga olgan shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Ushbu Kodeks 227²²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi, bunda, agar mazkur huquqbuzarlik bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri axborot koʻrsatilganligi oqibatida sodir etilgan boʻlsa, tegishli hujjatlarni va axborotni taqdim etgan deklarant yoxud uning ishonchli vakili maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligiga doir maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishda huquqbuzarlik takroriy sodir etilganligi eʼtiborga olinmaydi, bundan ushbu Kodeks 321-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.