Valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish tartibini buzish
Valyuta operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va banklar xodimlarining chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining vakolat berilgan banklardagi valyuta schyotlariga yashirib qolish maqsadini koʻzlamay turib vaqtida yoxud toʻliq oʻtkazilmaslik —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravaridan oʻn ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn ikki baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish