Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish
Emitentlar va qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborotni, hisobotlarni eʼlon qilmaslik yoki oʻz vaqtida eʼlon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki oʻz vaqtida topshirmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimmatli qogʻozlarni chiqarishning belgilangan tartibini emitentlar tomonidan buzish investorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibini qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari tomonidan buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Investorlar, qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Tegishli daromadlarni investorlarga toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarishdan boʻyin tovlash yoki oʻz vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari tomonidan investorlar va davlat nazorati organlarini atayin notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish (taqdim etish) orqali chalgʻitish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish