Tarkibida kimyoviy moddalarning qoldigʻi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini sotish
Tarkibida odamlar va hayvonlar salomatligi uchun zararli boʻlgan pestitsidlar, mineral oʻgʻitlar va boshqa kimyoviy moddalarning qoldiq miqdori yoʻl qoʻyilishi mumkin deb belgilangan darajadan ortiq ekanligini bila turib qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, xuddi shuningdek zaharli yovvoyi oʻsimliklarni, ularning hosilini, mevalarini, urugʻlarini, barglari va ildizlarini bozorlarda sotish —
mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
mahsulotlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish