Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 152-modda
Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish tartibini buzish
Radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalarni loyihalash, qurish (oʻrnatish) va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalarini, radioayirboshlash va radiochastotalardan foydalanish qoidalarini buzish, radionurlanishning texnik reglamentlari yoki davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda oʻrnatilgan parametrlariga rioya etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravargacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Radioelektron vositalari yoki yuqori chastotali qurilmalarni tayyorlash, olish, sotish yoki oʻzgaga doimiy yoxud vaqtincha foydalanish uchun berish tartibini buzish — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — radioelektron vositalarni yoki yuqori chastotali qurilmalarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 153-modda
Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini buzish
Aloqa xizmatining sifatiga doir normalar va davlat standartlarini, davlat aloqa tarmogʻi bilan bogʻlanadigan simli elektr aloqa vositalarining, radionurlanishlarining parametrlarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 154-modda
Aloqa yoʻllari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish
Aloqa yoʻllari va inshootlarini, shuningdek aloqa yoʻli va kabel inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155-modda
Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish
Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Axborot tizimlarining ishini buzishga olib kelgan xuddi shunday huquqbuzarlik, xuddi shuningdek kirish cheklangan axborot tizimlarini axborot-hisoblash tarmoqlariga ulash chogʻida tegishli himoya choralarini koʻrmaganlik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulash, bu tarmoqlarga tegishli himoya choralarini koʻrmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan maʼlumotlarni qonunga xilof ravishda olish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki maʼlumotlar bazasini oʻz nomidan chiqarish yoxud qonunga xilof ravishda undan nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155¹-modda
Kompyuter tizimidan foydalanish qoidalarini buzish
Kompyuter tizimidan foydalanishga ruxsati boʻlgan shaxsning ushbu tizimdan foydalanishning belgilangan qoidalarini buzishi kompyuter axborotining yoʻq qilib yuborilishiga, toʻsib qoʻyilishiga, modifikatsiyalashtirilishiga, kompyuter uskunasi ishlashining buzilishiga sabab boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik konfidensial axborot mavjud boʻlgan kompyuter tizimidan foydalanish vaqtida sodir etilsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155²-modda
Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish
Telekommunikatsiya tarmogʻidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, jinoyat alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda — huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155³-modda
Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda oʻzgartirish
Mobil qurilmaning xalqaro oʻziga xos identifikatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz oʻzgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish, — huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusxasini yaratish, — huquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155⁴-modda
Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzish
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish, — kripto-aktivlarni hamda mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 155⁵-modda
Mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirish
Mayning faoliyatini belgilangan tartibni buzgan holda amalga oshirish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shugʻullanish, — kripto-aktivlarni hamda huquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdorda sodir etish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etish, — mazkur huquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki ushbu Kodeksga muvofiq oʻziga nisbatan maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 157-modda
Hisobga olish tartibini hamda uylarga va turar joy binolariga koʻchib kirish muddatlarini buzish
Turar joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni hisobga olish, hisobdan chiqarish va fuqarolarga turar joy berish tartibini buzish, uylarga va turar joylarga koʻchib kirishning belgilangan muddatlariga rioya qilmaslik — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 158-modda
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 159-modda
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini, koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish
Turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish, umum foydalanadigan joylarni sanitariya holatida saqlash qoidalarini buzish, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish (bundan ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno), koʻp kvartirali uylardagi turar joylarda chorva mollarni, xuddi shuningdek odamlarning salomatligiga xavf soluvchi hayvonlarni boqish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Koʻp kvartirali uylardagi tayanch va (yoki) toʻsiq konstruksiyalarni qonunchilikni hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni buzgan holda oʻzgartirish va (yoki) rekonstruksiya qilish, shu jumladan koʻp kvartirali uylarda va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imoratlar (inshootlar) qurish ishlarini amalga oshirish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Koʻp kvartirali uyga tutash tuproqli va (yoki) yashil qoplamali yer uchastkasini oʻzboshimchalik bilan betonlashtirish, shuningdek ushbu yer uchastkasiga qurilma yoki konstruksiyalar oʻrnatish, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravari miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning uchinchi qismida (toʻsiq konstruksiyalarga oid qismida) va toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u koʻp kvartirali uydagi toʻsiq konstruksiyalarning amalga oshirilgan oʻzgartirilishini yoki ularni rekonstruksiya qilish tufayli yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni, koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni (inshootlarni), betonlashtirilgan joylarni, oʻrnatilgan qurilma yoki konstruksiyalarni, shuningdek ularning oqibatlarini ixtiyoriy ravishda bartaraf etsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 159¹-modda
Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik
Fuqarolar oʻrtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etmaslik, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 16-modda
Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Harbiy xizmatchilar va yigʻinga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar organlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar tarkibiga mansub shaxslar maʼmuriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni, davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni, yoʻl harakati, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini saqlash, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy qamoqqa olish choralari qoʻllanilishi mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom ustavlari yoki intizom toʻgʻrisidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav yoki qoidalarda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollarda, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun intizomiy javobgar boʻladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda maʼmuriy javobgar boʻladilar.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 160-modda
Uylarni qurish qoidalarini buzish
Uylarni, xoʻjalik va roʻzgʻor binolarini qurish qoidalarini buzish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 160¹-modda
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish
Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 161-modda
Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish
Shaharlar va boshqa aholi punktlarining hududlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish, shuningdek tozalik va sanitariya tartibini taʼminlash qoidalariga rioya qilmaslik — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 163-modda
Vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish
Vodoprovod tarmoqlariga (suv taʼminoti tarmoqlariga) oʻzboshimchalik bilan ulanish hamda vodoprovoddan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda vodoprovod tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, xuddi shuningdek bunday hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolarni vodoprovod (suv taʼminoti) tashkilotlari tomonidan vodoprovod tarmoqlariga (suv taʼminoti tarmoqlariga) ulash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu modda umumiy foydalanishdagi issiqlik yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish orqali oz miqdorda oʻgʻirlash bilan bogʻliq harakatlar sodir etilganda qoʻllanilmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 163¹-modda
Oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzish
Uy-joylarni, jamoat, ishlab chiqarish obyektlarini va boshqa obyektlarni, shuningdek yer uchastkalarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab olish, oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq boʻlgan oqova suvlarni oqizish hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, yer ishlari va boshqa ishlarni bajarayotganda oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini muhofaza qilish qoidalarini buzish, basharti bu hol ularning shikastlanishiga sabab boʻlsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarni ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlariga ulash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravaridan sakson besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 163²-modda
Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzish
Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari koʻrsatish qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.