Qonun toʻplami
Yurideks yordamchisi foydalanadigan qonun moddalarining namunaviy toʻplami. Mavzu boʻyicha filtrlang yoki toʻliq matndan qidiring.
2695 ta modda topildi
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 135-modda
Yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi
Transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi, oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chet eldan olib kirilgan transport vositasi uchun bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yoʻl varaqasi, yuridik shaxslarning transport vositalari haydovchilar uchun, shu jumladan yoʻlovchi yoki yuk tashish faoliyatini amalga oshiruvchi haydovchilar uchun malaka oshirishdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi sertifikati (bundan transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga boshqasini berish hollarini istisno qilgan holda, guvohnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki yillik davr mustasno) yonida boʻlmagan holda, xuddi shuningdek transport vositalarini olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli belgilar qoʻyilgan hujjatlarining muddati oʻtgan haydovchilarning transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan yoxud aynan shu transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi, xuddi shuningdek transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxsga transport vositalarini boshqarishning topshirilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan shaxslarning bunday vositalarni boshqarishi — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchining yonida Oʻzbekiston Respublikasining ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi mavjud boʻlgan taqdirda, uning transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni, transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yoʻqligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini oynalar tusini oʻzgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomasini oʻz yonida olib yurishi talab etilmaydi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 135¹-modda
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini buzish
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polislarida nazarda tutilmagan foydalanish davrida transport vositalarini boshqarish, xuddi shuningdek faqat mazkur sugʻurta polislarida koʻrsatilgan haydovchilar ayni shu transport vositalarini boshqarishi toʻgʻrisida mazkur sugʻurta polislarida nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda transport vositalarini boshqarish, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 136-modda
Transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, — transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 137-modda
Yoʻl-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish
Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, agar ushbu yoʻl-transport hodisasi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga yoki transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum etishga yoxud oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 138-modda
Piyodalar va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi
Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi, — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish — maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 139-modda
Nosoz transport vositalarini yoʻlga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish
Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilmagan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan nosozligi boʻlgan yoki muayyan shartlar tufayli transport vositasidan foydalanish taqiqlangan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini yoʻlga chiqarish, — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 14-modda
Voyaga yetmaganlarning maʼmuriy huquqbuzarlik uchun javobgarligi
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarga nisbatan Bolalar masalalari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi. Ana shu shaxslar mazkur Kodeksning 61, 116¹, 116², 116³, 125, 125¹, 126, 127, 128, 128¹, 128², 128³, 128⁴, 128⁵, 128⁶, 129, 130, 131, 132, 133, 134, 135, 135¹, 136, 138, 183, 185, 185¹, 185², 185³, 194, 194¹, 196¹, 206¹, 209¹, 218, 220, 221-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan taqdirda, ular umumiy asoslarda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi. Sodir etilgan huquqbuzarlikning xususiyatini va huquqbuzarning shaxsini hisobga olgan holda mazkur shaxslarga nisbatan (bundan ushbu Kodeksning 194, 194¹ va 196¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar mustasno) ishlar bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari ixtiyoriga berilishi mumkin, ushbu Kodeksning 61, 206¹-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning ishlari esa shu komissiyalarga berilishi lozim.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 140-modda
Mastlik holatidagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish yoki boshqarishni unga topshirish
Transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, — transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 142-modda
Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish
Temir yoʻl, havo va suv transportida qoʻl yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badboʻy moddalar va ashyolarni topshirish — ana shu moddalar va ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyib yoki olib qoʻymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 143-modda
Kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish
Trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda, marshrut taksisida kira haqi toʻlamasdan yuk olib yurish — har bir yuk joyi uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 144-modda
Transportda chiptasiz yurish
Yoʻlovchining transportda chiptasiz yurishi, oʻn yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish: a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi, b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish — bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻlovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 145-modda
Yoʻlovchilarni chiptasiz tashish
Havo, temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Suv, avtomobil transportida va shahar elektr transportida yoʻlovchilarni chiptasiz tashish — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 146-modda
Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini taʼminlash qoidalarini buzish
Temir yoʻlning yuk tashish uchun moʻljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk oʻrinlariga va yuk oʻramalariga, paketlariga, yuk qoʻralarining, temir yoʻl stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning toʻsiqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruxsati boʻlmay turib yuk qoʻralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish — bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini taʼminlash qoidalarini buzish — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 146¹-modda
Tashuvchining oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi
Tashuvchining yoʻlovchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun qonunda belgilangan oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 147-modda
Yoʻllarga, yoʻl inshootlariga, yoʻl harakatini tartibga solib turuvchi texnik vositalarga shikast yetkazish, ularni saqlash qoidalarini buzish, yoʻl harakatini tashkil etish talablarini bajarmaslik
Yoʻllarga, temir yoʻldan oʻtish joylariga, yoʻl harakatini tartibga soluvchi boshqa inshootlar yoki texnik vositalarga shikast yetkazish, shuningdek yoʻl harakatiga qasddan, shu jumladan yoʻl qoplamasini ifloslantirish yoʻli bilan xalal berish, xuddi shuningdek avtomobil yoʻllarini oʻzboshimchalik bilan qazish, ularda sunʼiy notekisliklar va toʻsiqlar yaratish, shu jumladan yoʻl harakati ishtirokchilarining harakatiga toʻsqinlik qiluvchi noqonuniy toʻsiqlarni va boshqa qurilmalarni oʻrnatish, avtomobil yoʻlida ishlarni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnoma talablarini bajarmaslik, shu jumladan yoʻllarda qurilish-qazish ishlarini olib borgan shaxslar tomonidan belgilangan muddatlarda yoʻl infratuzilmasini oldingi holatiga keltirmaslik, shuningdek yoʻllarni saqlash qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Yoʻl belgilarini oʻrnatish, yoʻllarni, temir yoʻldan kesib oʻtish joylari va boshqa yoʻl inshootlarini harakat uchun xavfsiz holda saqlash qoidalarini buzish yoki taʼmirlash ishlari olib boriladigan yoʻl qismiga vaqtincha yoʻl belgilari, signallar va svetoforlar, toʻsuvchi va yoʻnaltiruvchi moslamalar oʻrnatmaslik, shuningdek qatnov qismiga vaqtincha yotiq chiziqlar chizmaslik yoxud yoʻlning ayrim qismlaridan foydalanish harakat xavfsizligiga tahdid etadigan paytda ularda harakatni oʻz vaqtida taqiqlash yoki cheklash choralarini koʻrmaslik, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 148-modda
Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari uchun ajratilgan mintaqalarda temir yoʻl organlari va yoʻl organlari bilan kelishmay turib yerni haydash, oʻt oʻrish, chimlarni olib tashlash va tuproq olish, sanoat, melioratsiya suvlarini va oqova suvlarni suv qochirish inshootlariga va rezervlariga oqizish, shuningdek ajratilgan mintaqalarda va yogʻoch koʻpriklardan 100 metrgacha boʻlgan masofada olov yoqish, yogʻoch koʻpriklar va taxta toʻshamali koʻpriklarda chekish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrtdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 149-modda
Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi
Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yoʻllardagi aholi punktlari doirasida, oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yoʻlkalar va ular oʻtadigan koʻprikchalar qurish, ularni taʼmirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek oʻzlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yoʻllarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga kelib tutashadigan yoʻllarni, shu jumladan kesib oʻtiladigan koʻpriklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 15-modda
Mansabdor shaxslarning maʼmuriy javobgarligi
Mansabdor shaxslar boshqaruv tartibini, davlat va jamoat tartibini saqlash, tabiiy muhitni, aholi sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida belgilangan qoidalarga va bajarilishini taʼminlash oʻz xizmat vazifalariga kiradigan boshqa qoidalarga rioya etmaganlik bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganliklari uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilishlari lozim. Doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, mulk shaklidan qatʼi nazar, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xoʻjalik vazifalarini amalga oshiradigan va yuridik ahamiyatga ega harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs, xuddi shuningdek xalqaro tashkilotda yoxud chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida mazkur vazifalarni amalga oshiruvchi shaxs mansabdor shaxs deb eʼtirof etiladi. Davlatning biron-bir hokimiyat organi nomidan ish koʻrib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va oʻz vakolatlari doirasida koʻpchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy boʻlgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega boʻlgan shaxs hokimiyat vakili deb eʼtirof etiladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 150-modda
Magistral quvurlarni muhofaza qilish qoidalarini buzish
Magistral quvurlarni muhofaza qilish qoidalarini buzish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
- Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 151-modda
Abonentlik qurilmasini roʻyxatdan oʻtkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash
Abonentlik qurilmasini roʻyxatdan oʻtkazmay yoki ruxsatsiz elektr aloqa tarmoqlariga ulash, — abonentlik qurilmasini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.