Piyodalar va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi
Piyodalarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ularning yoʻlning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib oʻtishi, piyodalar yoʻlning qatnov qismida, shu jumladan piyodalar oʻtish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitoblarni yoki davriy nashrlarni oʻqishi, videomateriallarni tomosha qilishi hamda audiomateriallarni eshitishi, shuningdek eʼtiborni chalgʻitadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi, shuningdek skuterlar, mopedlar va velosipedlarni, individual harakatlanish vositalarini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxslarning hamda yoʻldan foydalanuvchi boshqa shaxslarning yoʻl harakatini tartibga soluvchi signallarga boʻysunmasligi, ustunlik beruvchi, taqiqlovchi yoki koʻrsatma beruvchi yoʻl belgilari talablariga rioya etmasligi, —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Haydovchilarga har xil xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlning qatnov qismida fuqarolarning turishi, yoʻllarga ajratilgan mintaqa tegrasida mol boqish —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi avariya holatini vujudga keltirsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yoʻlovchi tomonidan tana qismlarini (qoʻldan tashqari) salondan chiqarish, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlanmagan individual harakatlanish vositalarini, skuterlar, mopedlar, velosipedlarni hamda ulovli aravani boshqarish, shuningdek individual harakatlanish vositalarining va skuterlarning haydovchilari tomonidan odamlarni tashish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Skuter, moped, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxsning alkogolli ichimlik, giyohvandlik moddasi taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast boʻlgan holda yoʻl harakati qoidalarini buzishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish