Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 149-modda

Yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning avtomobil yoʻllarini va yoʻl inshootlarini muhofaza qilish qoidalarini buzishi

Avtomobil yoʻllariga ajratilgan mintaqaga tutash joylardagi yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilarning umum foydalanishdagi yoʻllardagi aholi punktlari doirasida, oʻzlariga biriktirib qoʻyilgan yer maydoni chegarasida piyodalar yuradigan yoʻlkalar va ular oʻtadigan koʻprikchalar qurish, ularni taʼmirlash va muntazam orastalab turish majburiyatlarini, shuningdek oʻzlariga biriktirilgan yer maydonidan chiqish yoʻllarini yoki umum foydalanishdagi avtomobil yoʻllariga kelib tutashadigan yoʻllarni, shu jumladan kesib oʻtiladigan koʻpriklarni texnik jihatdan soz holda va ozoda saqlash majburiyatlarini bajarmaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.