Mastlik holatidagi shaxsning transport vositasini boshqarishiga yoʻl qoʻyish yoki boshqarishni unga topshirish
Transport vositalaridan foydalanish uchun masʼul boʻlgan shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boʻlgan haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishiga yoʻl qoʻyish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositasining egasi yoki undan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan bila turib mastlik holatidagi yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostidagi shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirish, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish