Transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi
Transport vositalari haydovchilarining mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoxud ularning analoglari yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida ekanligini belgilangan tartibda aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi, —
transport vositalarini boshqarish huquqidan uch yil muddatga mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikning skuterni, mopedni, velosipedni, individual harakatlanish vositasini, ulovli aravani boshqarib borayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish