Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning saqlanishini taʼminlash qoidalarini buzish
Temir yoʻlning yuk tashish uchun moʻljallangan qatnov tarkibiga, konteynerlarga, suzuvchi va boshqa transport vositalariga, shuningdek yuk tashuvchi moslamalarga shikast yetkazish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Havo kemalari, yuk vagonlari, avtomobillar, avtomobil tirkamalari, konteynerlarning, suzuvchi vositalar tryumlari va boshqa yukxonalarining plombalariga va bekitkich qurilmalariga shikast yetkazish, ularning plombalarini buzish, ayrim yuk oʻrinlariga va yuk oʻramalariga, paketlariga, yuk qoʻralarining, temir yoʻl stansiyalarining, yuk avtomobillari stansiyalarining, konteyner punktlarining (maydonchalarining), portlarning (pristanlarning) va yuk tashish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni bajarish uchun foydalaniladigan omborlarning toʻsiqlariga shikast yetkazish, shuningdek tegishli ruxsati boʻlmay turib yuk qoʻralariga, konteyner punktlariga (maydonchalariga), portlar (pristanlar), shlyuzlarning yuk turgan hududlariga (joylariga) va yuqorida zikr etilgan omborlarga kirish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transportida yuklarning but saqlanishini taʼminlash qoidalarini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish