Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 142-modda

Xavfli moddalar va ashyolarni transportda tashish qoidalarini buzish

Temir yoʻl, havo va suv transportida qoʻl yuki sifatida yonuvchan, zaharlovchi, tez alangalanuvchi, portlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish qoidalarini buzish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yuk saqlash kamerasiga portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharli va badboʻy moddalar va ashyolarni topshirish —

ana shu moddalar va ashyolarni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyib yoki olib qoʻymay yoxud musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Trolleybusda, tramvayda, metropolitenda, avtobusda, marshrut taksisida portlovchi, tez alangalanuvchi, zaharlovchi hamda zaharli moddalar va ashyolarni olib yurish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.