Transportda chiptasiz yurish
Yoʻlovchining transportda chiptasiz yurishi, oʻn yoshdan oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish:
a) shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi,
b) mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarda, mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda besh yoshdan oʻn yoshgacha boʻlgan bolalarni chiptasiz olib yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining beshdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yoʻlovchilarning samolyotda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Shaharlararo qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish